O‘zbekistonda 2022 yilda eng ko‘p sel toshqini kuzatildi - O‘zgidromet
So‘nggi 10 yillikda eng yuqori ko‘rsatkich 2022 yil hissasiga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekistonda so‘nggi 10 yilda eng ko‘p sel-suv toshqini 2022 yilda kuzatildi — 171 ta. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi boshqarmasi boshlig‘i Qahramon Zohidov ma’lumot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 10 yilda O‘zbekistonda 700 dan ortiq sel-suv toshqini kuzatilgan bo‘lib, eng ko‘pi 2022 yilga to‘g‘ri keladi.
«Respublikaning 12 foiz maydoni sel xavfi hududida joylashgan. Toshqinlar yildan yilga iqtisodiyot tarmoqlari va infratuzilma obektlariga, talafotlar ekin maydonlari, aholi yashash punktlari, ishlab chiqarish binolari, yo‘llar va irrigatsiya tizimlariga zarar yetkazmoqda. Eng achinarli holat — insonlarning halok bo‘lishi qayd etilmoqda. Hozirgi kunda sel va suv toshqin xavfi mavjud bo‘lgan hududlarda 4149 ta xo‘jalik, 21426 aholi bor», dedi u.
Qahramon Zohidov so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda favqulodda vaziyatlar va ularning oldini olishga harakat qilish davlat tizimi doirasida 300 dan ortiq kuzatuv punktlari bor. O‘zbekiston hududida 29 ta sel kelish havzasi mavjud bo‘lib, ular, asosan, tog‘li hududlar — Namangan, Farg‘ona, Surxondaryo, Toshkent, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida joylashgan.
Mavzuga oid
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:21 / 17.10.2024
O‘zbekistonning ShHT budjetidagi ulushi ma’lum bo‘ldi
23:53 / 30.09.2024
Ozarboyjonda o‘zbekistonlik harbiylar ishtirokida «Mahorat-2024» qo‘mondonlik-shtab o‘quvlari boshlandi
19:53 / 16.09.2024