7 oktyabr tongida HAMAS Isroil tomon yoppasiga raketa hujumlarini amalga oşirib, ayrim aholi punktlarini nazoratga olişga intila boşladi. Buning ortidan Isroil ham Ğazo bölgasiga javob zarbalarini yöllamoqda. Kun.uz muxbiri vaziyatni tahlil qiliş uçun siyosatşunos Kamoliddin Rabbimovga savollar bilan yuzlandi.

— Operatsiyaning birinçi 20 daqiqasida 5 mingga yaqin raketa uçirilgan degan xabarlar bor. HAMASning bu hujumi butun Falastin hukumati irodasini anglatadimi?

— Falastinda 2 ta katta siyosiy kuç bor. Biri – hokimiyatdagi Mahmud Abbos va uning nazoratidagi ğarbiy sohil, qolaversa Ğazo sektori. Ğazoda HAMASning ta’siri kuçliroq. Asosiy masala – Falastindagi içki siyosiy vaziyat va geosiyosiy vaziyat. Rasmiy Pekin vositaçiligida Saudiya va Isroil yaraşdi. Öşa paytda Isroil buni xavotirli qabul qildi. Çunki mintaqadagi ikki qudratli davlat yaraşişini öziga nisbatan xavf deb bildi. Isroil boş vaziriga e’tirozlar böldiki, biz uçun bu yaraşuv tahdidi böldi, degan. Isroil siyosatiga köra, mintaqadagi musulmon davlatlari birlaşmasligi kerak. Lekin keyingi paytda bu narsa amalga oşdi.

Sentyabrdagi BMT sessiyasida Xitoy raisining birinçi örinbosari Falastin mavzusini birinçi bölib kötardi. Şu paytgaça bu borada Xitoy neytral edi. Lekin sönggi paytlarda Xitoy Falastinni homiylikka olayotgandek. 1967 yildagi çegaralar böyiça Falastin davlati tuzilişi mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikning yagona şarti, deb aytib ötdi Xitoy tarafi. Bu şartni Isroil qabul qilolmaydi. Qolaversa, AQŞ hokimiyatida bugun demokratlar. Ya’ni Isroil taşkil topgandan buyon uning homiysi AQŞ. AQŞ BMTdagi vetolarining 80 foizini Isroilni himoya qiliş uçun işlatgan. Faqat Obama prezidentlik davridagina AQŞ Isroilni himoya qiliş uçun veto bermadi. Tramp davrida esa juda yuqori darajada qöllab-quvvatladi. Hozirgi kunda AQŞning qöllovi Tramp davridagiday emas.

Har bir katta voqeaning yaşirin geosiyosiy motivlari, sabablari böladi. Dunyoda, Ukraina uruşi fonida kollektiv Ğarb va AQŞga nisbatan yiğilib qolgan e’tirozlarni bildiriş köpayib boryapti. Eron va Saudiya örtasida Falastin masalasida ma’lum bir kelişuvlar bölişi mumkin.

Bu hujumlarni Falastin xalqi qöllaydi deb öylayman. Ötgan davrda BMTda eng köp tanqidga uçragan davlat – Isroil. 1967 yilgi çegaradan keyin ham Ğazoni, ğarbiy sohilni va boşqa hududlarni egallab olayotgan aynan Isroil. Falastinning ötgan 70 yilda töplanib qolgan noroziligi mavjud.

— Ozarboyjon va Armaniston ziddiyatida Isroil Ozarboyjonni qölladi. Nega bunday?