Bola bilan qöpol muomalada bölişning zararlari kattaligi sabab ham bu zöravonlikning bir turi sifatida tasniflanişi kerak.

Bolalar jismoniy yoki jinsiy zöravonlikdan köra köproq oğzaki zöravonlikka duç keladi. Dunyo böyiça 36,1 foiz bola hissiy zöravonlikni (buning içiga oğzaki zöravonlik ham kiradi) boşdan keçiradi. 25 foiz bola esa jinsiy zöravonlikni, 22 foizi esa jismoniy zöravonlikni boşdan ötkazadi.

Kattalar tomonidan bolalarga qilinadigan oğzaki zöravonlikka baqiriş, qiçqiriş, bolani haqoratlaş, oğzaki qörqitişlar kiradi. Kattalarning bunday harakatlari bolalikda sodir etilgan jinsiy va jismoniy zöravonlik kabi ularning rivojlanişini zararlaşi mumkin.

Bolalar zöravonligi böyiça AQŞ eksperti, tadqiqot mualliflaridan biri Şanta Dyubning aytişiça, kattalar köpinça özlarining baland ovozi va "ahmoq", "dangasa" kabi sözlarni bolalariga işlatişi qançalik salbiy ta’sir körsatişini bilmaydi.

20,5 ming buyuk britaniyalik iştirokçilarning ma’lumotlari örganildi: bolalikda oğzaki haqoratlanganlar haqorat eşitmaganlarga qaraganda 19,9 foiz köproq giyohvand moddalar iste’mol qilişga, moyil bölişi, ularning qamoqqa tuşib qoliş xavfi esa ota-onasining baqirişlarini eşitmaganlarga qaraganda 2 barobar köproq bölişi aniqlandi.

Şuningdek, Buyuk Britaniyada ming nafar 11-17 yoşli bolalar örtasida ötkazilgan sörovga köra, ularning 41 foizi kattalar: ota-onasi, döstlarining ota-onasi, öqituvçisi tomonidan tanqid, ayblov va haqoratlarni eşitgan. 51 foizi bu holatlarga haftada bir duç keladi, 10 nafardan biri esa kunlik haqoratlarni boşdan ötkazadi.

Bolalardan özlari eşitadigan eng yomon sözlarni söraşganda "Heç qanday foydang tegmaydi", "Ahmoqsan", "Heç narsani eplolmaysan" iboralarini, eng yaxşilarini söraşganda esa "Sen uddalaysan", "Sen bilan faxrlanaman" iboralarini aytişgan.

Tadqiqot hammualliflaridan biri Piter Fonagining qayd etişiça, bolalar genetik jihatdan kattalar nima desa, şunga işonadigan böladi. Ular kattalarni jiddiy qabul qiladi. Agar kattalar bolalarga töğri örgatiş örniga sözlar bilan ularga zöravonlik körsatişsa, bu nafaqat bolalar uyalişiga, ajralib qolişiga, balki jamiyat bilan aloqa qila olmasligiga ham sabab bölişi mumkin.

Oğzaki zöravonlik psixologik buzilişlar, murakkab hissiy holatga, hatto aqliy buzilişlarga ham sabab bölişi, keyinçalik bola bilan boğliq zöravonlik holatlarini keltirib çiqarişi mumkin. Masalan, bola özi uçun zöravonlik qiliş mumkin bölgan şerik topişi, xuddi şu zöravonlikni takrorlaşi mumkin.