Joriy yilning 8 oktyabr kuni Özbekiston hukumati delegatsiyasi Xitoyning Xançjou şahriga taşrif buyurdi.
“Xançjou Xuatszya” davlat qarorgohida Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov va Xitoy davlat kengaşi boş vaziri Li Tsyan boşçiligida hukumat delegatsiyalarining uçraşuvi bölib ötdi.
Uçraşuvda özaro savdoni 12-13 milliard dollarga yetkaziş uçun barça imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.
Şu bilan birga, “yaşil” energetika, avtomobilsozlik, elektrotexnika, rangli va noyob metallarni qayta işlaş, “aqlli” qişloq xöjaligi, agro va suvni tejaydigan texnologiyalar işlab çiqariş sohalarida istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş muhimligi qayd etildi. Buning uçun zamonaviy texnologiyalarga asoslangan Özbekiston-Xitoy industrial parkini taşkil etiş taklif etildi.

Uçraşuvda bölajak oliy darajadagi muzokaralar iqtisodiy kun tartibini aniq yangi istiqbolli loyihalar bilan töldiriş, erişilgan kelişuvlar ijrosi holati yuzasidan özaro fikr almaşildi.
Xançjouga taşrif doirasida Huawei, Energy China international, Silk road fund singari Xitoyning yirik kompaniyalari rahbariyati bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytiriş böyiça ham uçraşuvlar ötkazildi.












