Qamçiq dovonida 13 oktyabr kuni erta tongda qor yoğdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi.

Vazirlik haydovçilardan barça xavfsizlik çoralarini körişni söragan.

"Favqulodda vaziyatlar vazirligi yöl-transport hodisalari bilan boğliq favqulodda vaziyatlarning oldini oliş maqsadida, dovon hududida harakatlanişda haydovçilardan barça xavfsizlik çoralarini körişlarini sörab qoladi", deyiladi xabarda.

Bundan avval "Özgidromet" Özbekistonning aksariyat hududlarida 13 oktyabr kuni yomğir yoğişi, toğlarda ba’zi joylarda qorga aylanişi, sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkinligi haqida xabar bergandi.