Şavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi sammitida iştirok etiş uçun Qirğizistonga amaliy taşrifi yakunlandi. Davlat rahbari Toşkentga qaytdi.
«Manas» xalqaro aeroportida davlat rahbarini Qirğiziston Vazirlar Mahkamasi raisi, prezident administratsiyasi rahbari Oqilbek Japarov va boşqa rasmiy şaxslar kuzatib qöydi.
Özbekiston prezidenti taşrif davomida MDH Davlat rahbarlari kengaşining navbatdagi majlisida iştirok etdi hamda Hamdöstlik doirasidagi özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytiriş böyiça qator muhim taşabbuslarni ilgari surdi.
Döstlik, yaxşi qöşniçilik va köp qirrali hamkorlik munosabatlarini mustahkamlaşga qöşgan ulkan hissasi uçun Özbekiston yetakçisiga taşkilotning oliy mukofoti – MDH Faxriy nişoni topşirildi.
Sammit doirasida Şavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko bilan uçraşuv ötkazdi.












