Isroil va HAMAS harakati örtasidagi uruş töqqiz kundirki davom etmoqda. Harbiy harakatlar 7 oktyabr kuni Ğazo sektori hududidan turib raketa zarbalari berilişi, buning ortidan HAMAS va «Islom jihodi» guruhlari a’zolari Isroil hududiga kirib kelişi bilan boşlangandi. Falastinliklarning Isroil janubiga uyuştirgan reydi oqibatida 1300 dan ortiq isroillik halok bölgan, 3400 atrofidagi kişi yaralangan. Bunga javoban Isroil öşa kuniyoq Ğazo sektori böylab yoppasiga aviazarbalar bera boşladi.

Şu bilan birga, Isroil mudofaa armiyasining (TsAHAL) şu hafta oxirida boşlanişi möljallangan quruqlik amaliyoti bir neça kunga keçiktirilgan, buning sabablaridan biri noqulay ob-havo şaroitidir, deya yozgan The New York Times Isroil armiyasidagi yuqori martabali manbaga tayangan holda.

Uning sözlariga köra, bulutli ob-havo quruqlikdagi qöşinlarni havodan turib qöllab-quvvatlaşi kerak bölgan isroillik uçuvçilar va dron operatorlarining imkoniyatlarini çeklaşi mumkinligi şunday qarorga sabab bölgan. Quruqlik amaliyotida ön minglab askarlar, tanklar, sapyorlar, aviatsiya hamda artilleriya tomonidan qöllab-quvvatlab turiladigan maxsus topşiriqli bölinmalar iştirok etişi kutilmoqda.

TsAHAL matbuot xizmati 14 oktyabr kuni keçqurun Isroil armiyasi quruqlik amaliyotiga tayyor ekani haqida xabar tarqatgandi. Bundan oldinroq harbiylar Ğazodagi tinç aholini sektor janubiga evakuatsiya bölişga çaqirgandi. HAMAS esa bu bayonotga e’tibor bermaslikka çaqirgan.

Isroil qanday javob qaytarmoqda?

Isroil mudofaa armiyasi 15 oktyabrga ötar keçasi Ğazo sektori böylab yöllangan aviazarbalar oqibatida HAMASning «Nuhba» bölinmasi qömondoni Bilol Al-Kedra öldirilganini ma’lum qildi.

Isroillik harbiylar hisoblaşiça, Xon-Yunis şahridagi «Nuhba» qömondoni Isroilning Ğazo sektori bilan çegaradagi Nirim kibutsida uyuştirilgan qirğin uçun mas’ul hisoblanadi. Aviazarba çoğida HAMAS va «Islom jihodi»ning boşqa a’zolari ham öldirilgani aytilgan.

14 oktyabr kuni keçqurun va 15 oktyabrga ötar keçasi TsAHAL Ğazo sektorida Zaytun, Xon-Yunis va ğarbiy Jabaliyadagi yuzdan ortiq nişonlarga zarbalar yöllagan. HAMASning qömondonlik markazlari, harbiy komplekslar, raketa uçiriş qurilmalari va kuzatuv punktlari zarbalar nişoni bölgan. Şuningdek, «Islom jihodi» qömondonlik markazlari ham nişonga olingan, deyiladi Isroil mudofaa armiyasi matbuot xizmati xabarida.

Avvalroq New York Times gazetasi isroillik harbiylarning hisobotiga asoslangan holda Isroil harbiy qömondonligi Ğazo şahrini egallaş uçun 10 ming kişilik qöşin yuboriş va sektor rahbariyatini «yöq qiliş»ni rejalaştirayotgani haqida xabar tarqatgandi. Hisobotda aytilişiça, bu 2006 yilgi Ikkinçi Livan uruşi (öşanda Isroil va «Hizbulloh» harakati örtasida uruş çiqqandi) davridan buyon eng yirik yuriş böladi va TsAHAL Ğazo sektorining bir qismini kamida ma’lum vaqtga qölga olişga harakat qiladi. Şundan keyinroq quruqlik amaliyoti bulutli havo şaroiti tufayli keçiktirilişi haqida xabarlar çiqdi.