“Yöl xöjaligi sohasini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

2024 yil 1 yanvardan:

  • avtomobil yöllarida bajariladigan iş turlari quriş va rekonstruksiya qiliş, ta’mirlaş hamda saqlaşdan iborat böladi;
  • loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlaş, yöl-quriliş işlarini amalga oşiriş, şuningdek, ularni qabul qilib olişda hajm va sifat körsatkiçlarini nazarda tutadigan tizim (“hajm uslubi”) joriy etiladi;
  • avtomobil yöllarini quriş va rekonstruksiya qiliş işlari yakunlangan obektlarning asosiy konstruktiv elementlari böyiça kamida uç yillik kafolatli xizmat qiliş muddati joriy qilinadi;
  • yilning harorat yuqori bölgan vaqtlarida avtomobil yöllarida yuk taşuvçi transport vositalari va avtopoyezd (tirkama)larning (maxsus transport vositalaridan taşqari) harakatlanişiga mavsumiy çeklovlar örnatiladi.

Xalqaro ahamiyatdagi M39 “Toşkent – Termiz” avtomobil yölining “Toşkent – Çinoz” yönalişidagi 817 – 827 km qismini ilğor xorijiy texnologiyalar va zamonaviy xalqaro standartlar asosida sement-beton qoplama qurgan holda rekonstruksiya qiliş loyihasi amalga oşiriladi.

2023 yil 31 dekabrgaça davlat budjeti mablağlari hisobidan avtomobil yöllari, köpriklar va sun’iy inşootlarni loyihalaştiriş (şu jumladan, texnik-iqtisodiy asoslarini işlab çiqiş), quriş va rekonstruksiya qiliş böyiça loyiha-qidiruv hamda quriliş-pudrat taşkilotlarini “Şaffof quriliş” milliy axborot tizimida baholaş mezonlari takomillaştiriladi.