Viza rejimi soddalaştirildi

Ayni paytda 93 xorijiy davlat fuqarolari uçun vizasiz kiriş, 56 davlat uçun elektron kiriş vizasi, 47 davlat uçun beş kunlik tranzit vizasiz kiriş, şuningdek, 76 davlat uçun turistik viza berişning yengillaştirilgan tartibi belgilandi.

55 yoşga tölgan va turizm maqsadida 30 kundan ortiq bölmagan muddatga Özbekistonga keluvçi Xitoy, AQŞ va Viyetnam fuqarolari uçun vizasiz kiriş rejimi joriy qilindi.

Bundan taşqari, «Vatandosh», «Student visa», «Academic visa», «Medical visa» va «Pilgrim visa» kabi yangi kiriş viza turlari belgilandi.

Turistlar soni

Özbekistonga kelgan xorijiy turistlar soni 2017 yilda 2,7 mln nafar bölsa, 2022 yilda 5,2 mln, 2023 yil ötgan 9 oyida 4,3 mln.ni taşkil etmoqda. Turistlarning mamlakatimizda örtaça qoliş muddati 4–5 kunni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 baravarga ortdi.

Har bir xorijiy turistning respublika hududida bevosita sayohat xarajatlaridan taşqari sarflaydigan örtaça mablağ summasi 2017 yilda 197 AQŞ dollarini taşkil qilgan bölsa, bu körsatkiç 2023 yilda 400 AQŞ dollariga yetdi va turizm eksporti hajmi 2023 yil 9 oyida 1,72 mlrd dollarga yetdi.

Mahalliy (içki) sayyohlar soni ham 2017 yilga nisbatan 107 foizga ösib, 14,9 million nafarni taşkil qildi.

Turizm infratuzilmasi

Mehmon örinlari soni 2017 yildagi 37 mingtadan 3,4 barobarga köpayib, 128 mingtaga yetdi. Joylaştiriş vositalari soni 2017 yildagi 767 tadan 2023 yilda 5,5 mingtaga yetkazildi.

2017 yilda 749 ta turistik taşkilot va turagentlar faoliyati yölga qöyilgan bölsa, hozirgi kunda ularning soni 2 404 taga yetdi.

Gid-ekskursovodlar soni esa esa 574 tadan 2864 taga yetdi.

Yangi yönalişlar

Respublikaning turizm salohiyati yuqori bölgan fuqarolar yiğinlariga «Turizm mahallasi», «Turizm qişloği» va «Turizm ovuli» maqomini beriş va ularni qöllab-quvvatlaş mexanizmlari joriy qilindi.

Mamlakatimizda birinçi bölib Samarqand tumani Konigil qişloğida 52 ta hunarmandçilik va dam oliş maskanlari mavjud bölgan «turizm qişloği» taşkil etildi va 200 nafardan ortiq mahalliy aholi iş bilan ta’minlandi.