Isroil umumiy xavfsizlik xizmati (ŞABAK) direktori Ronen Bar 7 oktyabr kuni HAMAS hujumining oldini olmagani uçun şaxsan javobgar ekanini ma’lum qildi. 

U Isroil-Falastin ziddiyati avj olganidan 8 kun ötib, ŞABAK xodimlariga maktub yölladi. 

«Bir qator say’-harakatlarimizga qaramay, afsuski, şanba kuni biz hujumni oldini olişga yordam beradigan ogohlantirişni ta’minlay olmadik. Taşkilotni boşqarayotgan şaxs sifatida javobgarlik özimda ekanini tan olaman. Tergov uçun vaqt yetib keladi, hozir esa uruş holatidamiz», deyiladi maktubda. 

Janob Bar maktubida barça profilaktika çoralariga qaramay, xizmat uşbu hujumning oldini oliş uçun şaroit yarata olmaganini ta’kidladi. 

7 oktyabr, şanba kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 6:30 da HAMAS a’zolari Ğazo sektoridan Isroilga 2,5 mingdan 5 minggaça raketa uçirdi, söngra mamlakatning çegara hududlariga kirib, yuzlab odamlarni garovga olgan. Bunga javoban Isroil harbiy operatsiyani boşlab yubordi va u hamon davom etmoqda.