Samarqand viloyati Qöşrabot tumanida sodir bölgan yöl-transport hodisasida uç kişi halok bölgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 2023 yil 4 yanvar kuni soat 20:00 larda 4R-43 Marjonbuloq-Qöşrabot avtomobil yölining Qöşrabot tumanidan ötgan 99-kilometrida sodir bölgan.
Nexia-3 haydovçisi maşinani katta tezlikda boşqarib, yölning qiya buriliş joyida qarama-qarşi yönalişga çiqib ketgan va röparadan kelayotgan Spark bilan töqnaşgan.
Oqibatda Spark haydovçisi va yölovçisi hamda Nexia-3 haydovçisi oğir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.












