Özbekistonda yeryonğoqning yangi navi yaratildi. Bu haqda Qişloq xöjaligi vazirligi ma’lum qildi.
Toşkent davlat agrar universiteti Meva-sabzavotçilik va uzumçilik fakulteti professori, qişloq xöjaligi fanlari doktori Maxfirat Amanova 17 yil davomida yeryonğoqning yangi turini yaratiş ustida bir qator ilmiy izlanişlar olib bordi.
Olima yeryonğoqning dunyo bozori va mahalliy dehqon fermer xöjaliklarining talablarini qondira oladigan ertapişar, serhosil, yirik qizil uruğli, uruği tarkibida moy va oqsil miqdori yuqori bölgan «Lider» navini yaratişga va davlat reyestriga kiritişga muvaffaq böldi.
«Lider» navli yeryonğoq Amerika, Hindiston va Xitoy navlari bilan töliq raqobatlaşa oladi. Uşbu nav hosildorligi 6,5 tonnani taşkil etadi.












