Qişloq xöjaligi vazirligi xabariga köra, bu borada «May Agro» fermer xöjaligi bilan hamkorlikda işlanmoqda. «May Agro» fermer xöjaligi 2019 yilda taşkil topgan bölib, 1 gektar yer maydonida maymunjon ösimligi «Çester» navini östirmoqda. Uşbu nav 3×1,20 sm sxemasida ekilgan bölib, tomçilatib suğoriş tizimi yordamida suğoriladi.
Institut «Mevali ekinlar seleksiyasi va nav örganiş» bölimi ilmiy xodimlari fermer xöjaligiga borib, doim öz maslahatlarini berib borayotgani aytiladi. Tuproq tahlillarini ötkaziş hamda mevalar kimyoviy tarkibini örganişda amaliy yordam berişyapti.
Maymunjon – malina avlodidan bölgan ösimlikdir. Özbekistonda daryo böylarida, suğoriş şoxobçalari yoqalarida juda köp ösadi. Madaniy holda kamdan-kam uçraydi. Maymunjon mevasi tarkibida har xil vitaminlar mujassam, masalan: karotinoid, foliy kislotasi (vitamin B9), C vitamini, K vitamini hamda oz miqdorda E vitamini mavjud. Maymunjon mevasida minerallardan kaliy, mis, kalsiy, magniy va sink bor.
Maymunjon ildiz baçki çiqarmaydi, yer bağirlab ösadigan novdalari esa böğimlaridan yoki uçlaridan ildiz otadi va yangi tupçalar hosil qiladi. Maymunjon yirik mevali serhosil navlari I.Miçurin tomonidan ixtiro qilingan. Bu navlar ba’zi havaskorlar barpo etgan boğlarda ösadi.












