18 oktyabr kuni Surxondaryo viloyatidagi temiryöl kesişmasida teplovoz Spark avtomaşinasi bilan töqnaşib ketdi. Bu haqda «Özbekiston temiryöllari» AJ axborot xizmati xabar berdi.

YTH Şörçi-Xayrobod uçastkasidagi qöriqlanmagan temiryöl kesişmasida sodir bölgan. U yerda yöl belgilari va signalizatsiya örnatilgan. Poyezd favqulodda tormozlanganiga qaramay, mazkur hodisa röy bergan. Hodisaga avtomaşina haydovçisi tomonidan harakatlaniş qoidasi qöpol ravişda buzilgani sabab bölgani aytilgan.

Töqnaşuv oqibatida teplovoz biroz şikastlangan, poyezd yölovçilari jabrlanmagan. Spark haydovçisi şifoxonaga yetkazilgan va körsatilgan yordamga qaramay, vafot etgan.

Hozirda huquq-tartibot idoralari voqea yuzasidan tekşiruv olib bormoqda.