Prezident tomonidan «Yöl xöjaligi sohasini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaror imzolandi.
2025 yilda «Toşkent-Andijon», «Toşkent-Samarqand» yönalişlari böyiça pulli yöllarni va «Taxtaqoraça» dovonida pulli tonnelni quriş rejalaştirilgan.
Umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllarini yuqori tezlikda harakatlanişga oid xalqaro talablarga muvofiq loyihalaştiriş, quriş va rekonstruksiya qiliş işlarini amalga oşiriş hamda kelgusida uşbu yöllarga muqobil yöllar mavjud bölganda, «pulli yöllar» toifasiga ötkaziş rejalaştirilmoqda.
2024 yil 1 yanvardan:
- avtomobil yöllarini quriş va rekonstruksiya qiliş işlari yakunlangan obektlarning asosiy konstruktiv elementlari böyiça kamida 3 yillik kafolatli xizmat qiliş muddati joriy qilinadi;
- yilning harorat yuqori bölgan vaqtlarida avtomobil yöllarida yuk taşuvçi transport vositalari va avtopoyezd (tirkama)larning (maxsus transport vositalaridan taşqari) harakatlanişiga mavsumiy çeklovlar örnatiladi;
- tajriba-sinov tariqasida Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda uzunligi 20 kmgaça bölgan umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllarini ekspluatatsiya qiliş işlariga autsorsing asosida xususiy sektor jalb qilinadi.











