Fasad alyuminiy oynalari zamonaviy me’moriy yechimlarning ajralmas qismidir. Ularning o‘rnatilishi bino fasadining xavfsizligi, chidamliligi va estetikasini ta’minlash uchun ma’lum ko‘nikmalar va bilimlarni talab qiladi.

Alutex kompaniyasi joriy yilning oktyabr oyida fasad alyuminiy oynalarini ishlab chiqarish bo‘yicha 5 kunlik o‘quv treningi o‘tkazdi. Mazkur treningda nafaqat poytaxtimizdan, balki O‘zbekistonning turli hududlaridan alyumin romlari ishlab chiqarish ustaxonalarida faoliyat yurituvchi 500 ga yaqin mutaxassis ishtirok etdi.Ushbu o‘quv treningida O‘zbekiston davlat arxitektura va qurilish instututidan taklif etilgan o‘qituvchi zamonaviy texnologiyalarning imkoniyatlari to‘g‘risida trening ishtirokchilariga ma’lumot berdi.

Treningning birinchi bosqichida qurilish asoslari va deraza bloklarini tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallar bilan tanishtirildi. Ishtirokchilar texnologiya va jarayonlar, jumladan, profillar, shisha va armatura tanlash haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Treningda energiya samaradorligi mavzusi ham yoritildi. Alutex romlarining energiya tejamkorligi haqida ma’lumot berildi. Ishtirokchilar derazalarning issiqlik va tovush izolatsiyasini yaxshilash yo‘llari, shuningdek, energiya samaradorligini oshiradigan texnologiyalar va materiallar bilan tanishdilar.
Trening ko‘rgazmali tarzda Alutex kompaniyasining ishlab chiqarish hududida o‘tkazildi. Tashrif buyurgan mutaxassislar termal romlar, fasad oynalari ishlab chiqarish jarayonini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Fasad alyuminiy oynalarini ishlab chiqarish bo‘yicha Alutex kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan mazkur trening oyna ishlab chiqarish va o‘rnatish bilan shug‘ullanadigan mutaxassislarning malakasini va kasbiy darajasini oshirishga qaratilgan. Bu ishtirokchilarga olingan bilimlarni amalda qo‘llash va yuqori sifatli oyna konstruksiyalarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq muammolarni samarali hal qilish imkoniyatini beradi.











