Qonunçilik palatasidagi Özbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi.
Yiğilişda “Ayrim qonun hujjatlariga olis hududlarda internet va aloqa qamrovini oşiriş uçun şaroitlarni kengaytirişga qaratilgan qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi birinçi öqişda muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, qonun loyihasi bilan mahalliy yöldoş aloqa tarmoğini loyihalaştiriş, quriş, ulardan foydalaniş va xizmatlar körsatiş uçun mavjud davlat bojlarini kamaytiriş orqali mahalliy yöldoş aloqa turlarini köpaytiriş va ularning faoliyat körsatişi uçun keng imkoniyatlarni yaratiş nazarda tutilmoqda.
Muhokamalardan söng qonun loyihasi fraksiya a’zolari tomonidan ma’qullandi.













