Saralash turida har bir jamoa shahar tashqarisida 4 qop chiqindi to‘plashi kerak bo‘lgandi. Yakun: 363 qop va tabiatning ozodaligi har birimizga bog‘liqligi hamda to‘rttagina kishi ham katta ishni uddalay olishini anglash. Jamoalar qanday qilib ahmoqona ko‘rinishdan qo‘rquvni yengganlari, haydovchilarni palov bilan mehmon qilish uchun mashinalar ortidan yugurganlari, do‘stlik va elektr samokatdan birini tanlashlariga to‘g‘ri kelgani haqida ushbu materialda o‘qing yoki YouTube'da tomosha qiling. Darvoqe, yuqoridagi tanlovda siz qaysi birini afzal bilardingiz?
SamAuto'dan D-MAX quest ishtirokchilari – bu hayot ikir-chikirlari joniga tekkan va o‘rganilmagan manzillar, sinovlar va hissiyotlar sari otlanish istagida bo‘lgan odamlardir. Qo‘shimcha bonus – g‘olib jamoaga nasib qiladigan yangi avlodga mansub, zamonaviy va qudratli, olovrang ISUZU D-MAX pikapi.

Ikkinchi travel-kvestda butun O‘zbekistondan 2 200 kishi ro‘yxatdan o‘tdi, ammo saralash onlayn-turigacha to‘rt kishilik jamoalarning 209 tasigina yetib bordi. Topshiriqlarning har biri kichik bir "yashash uchun kurash" o‘yiniga aylandi.
Eco quest: Butun O‘zbekistondan yig‘ilgan 363 qop chiqindi
Birinchi sinov Eco quest bo‘ldi. Ishtirokchilar o‘zaro kelishib ishlashning, vaqt ajratishning va chiqindi yig‘ishtirish uchun uydan naq 100 kilometr nariga safar qilishning uddasidan chiqa oladilarmi? Kvest shartlariga ko‘ra har bir jamoa kamida to‘rt qop chiqindi yig‘ishi, ISUZU chiqindi tashish mashinasini topish va unga jamlangan chiqindilarni topshirish kerak edi.
Hafta davomida hissiyotlar junbushga keldi. Kimdir belgilangan joyda naq to‘rt qop chiqindi yig‘ish mumkinligiga shubhalandi (oldinda aytamiz: uddalashdi, hatto ortig‘i bilan), boshqalar odatiy yo‘l bilan yurib, “nihoyatda go‘zal va qiziqarli joylarda, aftidan, boshqa o‘lchamdagi dunyo darvozasi bo‘lgan joylar”ga borib qoldilar. O‘zbekiston ozoda bo‘lib bordi, kvest ishtirokchilari esa tushunolmasdilar: afsonaviy tabiatimizni ifloslantirishga qanday qo‘l bordi ekan? Eko-kvest muhitini his qilish uchun #dmaxquestecovideo xeshtegi orqali o‘ting.



















