24 oktyabr kuni Samarqandda bölib ötgan «C5+1» formatidagi (Markaziy Osiyo mamlakatlari + AQŞ) mintaqaviy hamkorlik böyiça birinçi vazirlar uçraşuvi yakunida AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning mintaqada amalga oşirmoqçi bölgan yangi loyihalari e’lon qilindi.
Yiğiliş yakunlari böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida USAID rahbari Samanta Pauer 14,3 million dollar ajratilişini e’lon qildi, bu mablağ Markaziy Osiyoda iqtisodiy ösiş yölidagi tösiqlarni bartaraf etiş, barqaror va «yaşil» energiya tizimlarini yaratiş hamda dezinformatsiyaga qarşi kuraşiş uçun sarflanadi.
Baydenning topşiriğiga köra
«AQŞ Markaziy Osiyo davlatlari mustaqilligini birinçilardan bölib tan olgan. Öşanda prezident Jorj Buş «Bugun dunyo yangi umidlar va imkoniyatlar qarşisida turibdi», degani yodimda. Öşandan buyon Markaziy Osiyo xalqlariga yordam berişga harakat qilib kelamiz. Soğliqni saqlaş, ta’lim sohasida, daromadlarini oşiriş masalalarida birga loyihalar amalga oşiryapmiz», deb söz boşladi AQŞ federal agentligi rahbari.
Uning sözlariga köra, Özbekistonga AQŞ prezidenti Jo Baydenning topşiriği bilan kelgan.
«Prezident Bayden yaqinda mintaqa rahbarlari bilan uçraşganda «Bu tarixiy imkoniyat davri» deb aytdi. Men bu yerga prezident Baydenning topşiriği bilan keldim, munosabatlarimiz rivojlanib borayotganini ta’kidlaş kerak. Mintaqa aholisining aksar qismini yoşlar taşkil qiladi va ular dunyo bilan integratsiya qilişi, aloqalarimizning ijobiy samarasini körişi lozim.
Biz iqtisodiy ösiş, dezinformatsiyaga qarşi kuraş, transçegaraviy savdodagi tösiqlarni bartaraf qiliş, yoşlar, ayollar boşqaradigan bizneslarga yordam beriş kabi dasturlarda iştirok etişga tayyormiz. Bundan taşqari, AQŞ mintaqa qayta tiklanadigan energiyaga ötişini qöllaydi. Masalan, Qozoğistonda şunday loyihaga yordam berganmiz. Mintaqadagi yaşil energiya loyihalarini rivojlantiriş uçun qöşimça 2 million dollar ajratamiz. Energiya tejaydigan texnologiyalarga pul ajratiş bu yönalişda ayniqsa muhim», deya USAID rahbarining sözlarini keltirmoqda muxbiri.
Dezinformatsiyaga qarşi kuraş
Samanta Pauer mintaqa investorlarni jalb qiliş uçun dezinformatsiyadan xoli bölişi kerakligini aytib, AQŞ bu borada Özbekiston va boşqa Markaziy Osiyo davlatlariga yordam berişga tayyorligini ta’kidladi.
«Dezinformatsiyaga qarşi kuraş ham muhim hisoblanadi. Masalan, mamlakatga keladigan investor uning biznesini dezinformatsiya yordamida yöqqa çiqarmasliklariga işonçi komil bölgisi keladi. Bu borada jurnalistlarga yordam beriş kerak. OAVning potensialini oşiriş uçun kerakli texnika va dasturlar taqdim etişga tayyormiz», dedi Samanta Pauer xonim.










