Yandex Go Özbekistonda yuridik şaxsni röyxatdan ötkazgan. Bu haqda kompaniyaning MDH böyiça rahbari Kirill Svinsov Gazeta.uz muxbiri bilan suhbatda ma’lum qildi.
“Biz respublika qonunçiligi asosida iş olib boramiz. Allaqaçon Özbekistonda yuridik şaxs sifatida röyxatdan ötdik. 1 dekabrgaça Yandex Go axborot xizmatini mamlakatda mahalliylaştirişimizni tasdiqlaymiz. Bu xizmatning amaldagi soliqlarni tölovçi mahalliy kompaniya tomonidan körsatilişini anglatadi. Hozirda jarayonlarni takomillaştiryapmiz”, - degan Svinsov.
Bundan taşqari, kompaniya Soliq qömitasi bilan yölovçi taşişni fiskallaştiriş masalasida ham muloqot olib bormoqda.
Eslatib ötamiz, sentabr oyida Soliq qömitasi Niderlandiyada röyxatdan ötgan, Yandex Go xizmatlarini taqdim etuvçi Ridetech International kompaniyasidan Özbekiston soliq rezidenti bölişini talab qilgandi. Bundan taşqari, kompaniya soliq organlarining axborot tizimi bilan integratsiyani ta’minlaşi va mijozlarga avtomatik tarzda şakllantiriladigan fiskal kvitansiyani taqdim etişi kerak edi. Talablar bajarilmasa, platforma bloklanişi haqida ogohlantirilgan.
Soliq qömitasining uşbu bayonoti e’lon qilingan kuniyoq Yandex Go kompaniyasi Özbekistonning soliq rezidenti bölişini va 1 dekabrdan keyin faoliyatini davom ettirişini e’lon qilgandi.













