Özbekiston Soliq qömitasi Yandex Go taksi agregatori böyiça ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan noroziliklarga munosabat bildirdi.

Qömitaning ma’lum qilişiça, joriy yilning sentabr oyida Özbekistondagi Yandex Go servisiga egalik qiluvçi Ridetech International B.V. kompaniyasiga (Niderlandiyada röyxatdan ötgan) 2 oy muddatda öz faoliyatini qonun hujjatlari asosida taşkil etiş böyiça quyidagi talablar qöyilgan:

  1. Faoliyatni amalga oşiriş uçun Özbekiston Respublikasining soliq rezidenti sifatida röyxatdan ötiş va belgilangan soliqlarni tölaş;
  2. Soliq organlari axborot tizimi bilan integratsiyalaşuvni ta’minlaş va mijozlarga avtomatik şakllantiriladigan fiskal çek taqdim etiş.

Qayd etilişiça, yuqoridagi talablarni bajariş uçun 2023 yil 1 dekabrgaça muhlat berilgan.

Aks holda, Soliq qömitasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga Yandex.Go kompaniyasining Özbekiston hududida agregator sifatida foydalanib kelinayotgan elektron platformadan foydalanişni bloklaş böyiça rasmiy murojaat qilişini ma’lum qildi.

Qömita bayonotiga “Yandeks” kompaniyasi rasmiy izoh berdi.

“Yandex Go Özbekistonda odatdagidek işlamoqda va şunday davom etadi. Biz Soliq qömitasi bilan mahalliylaştiriş mavzusida muloqot olib boryapmiz va bozor amaliyoti ustida hamkorlikda işlayapmiz.

Taksi onlayn buyurtma beriş xizmatlarida fiskal tuşumlar bozor uçun köp mehnat talab qiladigan jarayondir. Biz mamlakatda Davlat soliq qömitasi bilan bu borada hamkorlikni boşlagan birinçi platformamiz”, – deyiladi izohda.

Özbekistonning köplab katta şaharlaridagi taksi agregatorlari bozorida ustun mavqega ega Yandex Go Özbekistonda röyxatdan ötmagani, şu sababli soliq tölamasligi, mijozlariga fiskal çek bermasligi va boşqa holatlar bir neça bor jamoatçilik faollari tomonidan muhokama qilingan edi.

Soliq qömitasi 2023 yil mart oyida bergan izohida servisga egalik qiluvçi Ridetech International Niderlandiyada röyxatdan ötgani, Özbekiston va Niderlandiya örtasida esa daromadlarga ikki tomonlama soliq solişning oldini oliş töğrisida  şartnoma borligini