Özbekistonning Italiyaga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elçisi Abat Fayzullayev Rimga yetib bordi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Abat Fayzullayev 2020-2023 yillarda Özbekistonning Avstriyadagi elçisi bölib işlagan, şuningdek, Vengriyadagi diplomatik missiyani örindoşlik asosida boşqargan. Bir vaqtning özida, Özbekistonning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti hamda Venadagi boşqa xalqaro taşkilotlar huzuridagi doimiy vakili bölib işlagan.

Diplomat 40 yoşda. U Özbekiston Taşqi işlar vazirligi qoşidagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Taşqi işlar vazirligi va Özbekistonning AQŞdagi elçixonasida turli lavozimlarda işlagan, taşqi işlar vaziri yordamçisi – kotibiyat mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Abat Fayzullayev 2018-2023 yillarda Rimdagi diplomatik vakolatxonaga rahbarlik qilgan Otabek Akbarov örniga tayinlandi.