Qaşqadaryo va Toşkent viloyatlarida noqonuniy yöllar bilan öqişga kiritib qöyişni va’da qilgan şaxslar qölga olindi, deb xabar beradi Boş prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilişiça, departamentning Qaşqadaryo viloyat boşqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbirda S.O. ismli şaxs fuqaro M.A.ning işonçiga kirib, uni Qarşi şahridagi «Turon» nodavlat universitetiga 3-kursdan öqişga kiritib qöyişi evaziga 1 000 dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Şu kabi, departament hamda DXXning Çirçiq şahar bölimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda J.N. ismli şaxs fuqaro S.Ş.ni 3,9 ming dollar evaziga yuqori lavozimda işlovçi tanişlari yordamida Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga öqişga kiritib qöyişni va’da qilib, muqaddam 3,5 ming dollarni qölga kiritib, yana 400 dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.











