IT haftaligidagi yana bir yangilik şaxsiy ma’lumotlari xavfsizligi bilan boğliq böldi. Endi telefonlarni UzIMEI tizimida röyxatga olişda onlayn tarzda şaxsni biometrik identifikatsiya qilinadi. Natijada sizning nomingizga boşqalar telefonni röyxatdan ötkaza olmaydi. RTTBM direktori örinbosari Bahrom Ziyayevning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, ayni vaqtda fuqarolar öz nomida bölgan qurilmalarni onlayn tekşiriş imkonini beruvçi tizimni joriy qiliş ustida ham işlanmoqda.

27-oktabr kuni Toşkentda davom etayotgan “ICTWEEK UZBEKISTAN – 2023” haftaligi doirasida taqdim qilingan yana bir yangilik UzIMEI borasida böldi.

Ma’lum qilinişiça, hukumatning tegişli qarori bilan endilikda jismoniy şaxslar xorijdan özi bilan olib kirgan ikkita mobil qurilma (telefon)ni bojxona tölovlarisiz röyxatdan ötkazişi mumkin. Bungaça fuqarolar tomonidan faqat bir dona xorijdan özi bilan olib kelgan telefonni bojxona tölovlarisiz röyxatdan ötkazişga ruxsat berilgan edi.

Şuningdek, endilikda telefonlarni röyxatga olişda fuqarolarning şaxsiy ma’lumotlaridan boşqalar foydalanişiga barham beriladi. Ya’ni, telefonlarni UzIMEI tizimida röyxatga olişda masofadan turib (onlayn) şaxsni biometrik identifikatsiya (Face-ID) qiliş joriy etildi. Uşbu tizim fuqarolarning şaxsga doir ma’lumotlaridan özgalar foydalanişining oldi olinişi aytilmoqda.

“Mazkur texnologiya yordamida jismoniy şaxs öziga tegişli mobil qurilmalarni röyxatga olişni özining biometrik ma’lumotlaridan foydalangan holda onlayn tarzda amalga oşiradi. Bunda, jismoniy şaxs IMEI kodlarini röyxatga olişni rasmiy veb-sayt, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va uning mobil talqini hamda tizim röyxatga oluvçilariga bevosita murojaat qilgan holda biometrik identifikatsiya orqali amalga oşirişi mumkin. Endilikda mazkur texnologiya jismoniy şaxslarning bevosita iştirokida mobil qurilmalarni röyxatga oliş imkoniyatini yaratadi hamda bu orqali ularning huquqlarini himoya qiliş va noqonuniy röyxatga oliş holatlarining oldini olişga asos böladi”, — deyiladi taqdimotda.

Şuningdek, Özbekistonga xizmat safari yoki turizm uçun kelayotgan xorijiy fuqarolar mobil qurilmalaridan röyxatdan ötkazmasdan foydalaniş davri amaldagi 30 kalendar kunidan 60 kalendar kunigaça uzaytirildi.

“Fuqarolar tomonidan har bir olib kirilayotgan mobil qurilma bojxona çegarasini kesib ötişda deklaratsiyalanişi hamda deklaratsiya natijasi böyiça mobil qurilmalarni röyxatga oliş tizimiga integratsiya qilinişi ular tomonidan qonuniy olib kirilişiga asos böladi. Bu bilan noqonuniy xatti-harakatlarning oldi olinişiga erişiladi. Buning natijasida fuqarolar özi bilan olib kirgan qöşimça ikkinçi mobil qurilmani UzIMEI tizimida muammosiz röyxatdan ötkazişi mumkin böladi” – deyiladi rasmiy relizda.

Respublika telekommunikatsiya tarmoqlarini boşqariş markazi direktori örinbosari Bahrom Ziyayevning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, bugunga qadar UzIMEI tizimida şaxsiy ma’lumotlardan noqonuniy foydalaniş holatlari böyiça fuqarolar ariza bilan murojaat qilişi mumkin. Ya’ni, fuqaro öz nomida bölgan, lekin özi işlatmayotgan mobil qurilmani nomidan çiqarib yuboradi. Bundan taşqari, markaz kelajakda fuqarolar öz nomida bölgan qurilmalarni onlayn tekşiriş va ularni röyxatdan çiqarib yuboriş böyiça ariza yuboriş imkoni paydo böladi.