X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmoği egasi Ilon Mask endi foydalanuvçilar audio va videoqönğiroqlarni amalga oşirişi mumkinligini e’lon qildi. 

Mask video va audioqönğiroqlarning dastlabki versiyasi foydalanuvçilar uçun paydo bölganini ta’kidladi. Şu tariqa u yangi funksiyani qanday yoqiş haqidagi savolga javob qaytardi. 

Qayd etilişiça, funksiya hozirça faqat iOS foydalanuvçilari uçun mavjud. Aniqlik kiritilişiça, uşbu parametr avtomatik tarzda yoqiladi. Foydalanuvçilar özi obuna bölgan akkaunt egalaridan qönğiroqlarni qabul qilişi mumkin böladi. 

Avvalroq, Ilon Mask X ijtimoiy tarmoğini barça foydalanuvçilar uçun pullik qilmoqçi ekanini aytgan edi. 

«Kiçik miqdordagi oylik tölovga ötişimizning eng katta sababi şundaki, bu botlarning katta armiyasiga qarşi kuraşişning yagona yöli», dedi milliarder. 

Uning sözlariga köra, botlardan foydalanişning arzonligi sababli ularga qarşi kuraşda pullik obuna joriy qiliş juda muhim. 

Bundan ham oldinroq, Mask ijtimoiy tarmoqda verifikatsiyani anglatuvçi kök belgini oliş uçun oyiga 8 dollar turadigan pullik obunani joriy etgan edi. Ammo bu Mask umid qilgan mablağlarning barqaror oqimini ta’minlamadi. Pullik tasdiqlaş belgisi joriy etilganidan keyin uç oy içida Twitter atigi 11 million dollar daromad oldi.