Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan Ozarboyjon bilan tinçlik şartnomasiga erişiş uçun tomonlar kelişuvning uçta asosiy tamoyiliga rioya qilişi zarurligini aytdi, deb yozadi TASS.

«Boku bilan tinçlik örnatiş va munosabatlarni tartibga solişga hissa qöşişi mumkin bölgan uçta asosiy tamoyil kelişib olindi. Va agar tomonlar bu tamoyillarga rioya qilsa, tinçlik şartnomasi imzolanişi haqiqatga aylanadi», — dedi Paşinyan parlamentda 2024 yilgi budjet böyiça eşituvlar çoğida söz yuritar ekan.

Armaniston boş vaziri bu tamoyillarni tuşuntirdi: Armaniston hududi 29,8 ming kvadrat kilometr, Ozarboyjonniki esa 86,6 ming kvadrat kilometr ekaniga asoslanib, davlatlar tomonidan bir-birining hududiy yaxlitligini tan oliş. Ikkinçi tamoyil, deya qöşimça qildi u, 1991 yildagi Olmaota deklaratsiyasi davlat çegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilişning siyosiy asosiga aylanişi kerak. Uçinçi tamoyil - mamlakatlar suvereniteti, yurisdiksiyasi va qonunçiligini özaro hurmat qiliş asosida barça mintaqaviy aloqalarni oçiş, deya xulosa qildi Paşinyan.