Insonning ilk kasblaridan biri bölgan ov hozir dunyoning aksar hududlarida faqatgina hobbi tarzida saqlanib qolgan. Lekin bu hobbining öz mas’uliyati, madaniyati bor. Xöş, qanday qilib tabiatga zarar yetkazmagan holda ovdan zavqlaniş mumkin? Ovçilikning qonun-qoidalari qanaqa? “Manzil” bu gal şu haqda söz yuritadi.

Tasvirga oliş işlarini Sirdaryo viloyati ovçilar va baliqçilar sport jamiyatiga qaraşli ov hududida olib bordik.

Sirdaryo böyida, qalin töqayzor bilan qoplangan, quşlar va yovvoyi hayvonlar yaşaşi va köpayişi uçun şaroitga ega hududda 15 oktyabrdan boşlab ov mavsumiga ruxsat beriladi.

Biz suhbatlaşgan ovçilar va ekologiya xodimlari bu jarayonda qanday qoidalarga amal qiliş, nimalarga e’tibor beriş kerakligini aytib ötişgan. Körsatuvni körib, ov jarayoni qanday taşkil qilinişi kerakligi bilan tanişasiz.

Uşbu körsatuv Özbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlandi