Insoniyat fazoga ilk bor parvoz qilgandan boşlab juda köp rekordlar örnatgan. Jumladan, fazoda eng uzoq vaqt böliş, eng köp marta parvoz qiliş, eng yuqori tezlikda va eng uzoq masofaga uçiş böyiça aql bovar qilmas natijalar qayd etilgan. Uşbu materialda kosmik rekordlarning asosiy qismi bilan taniştirib ötamiz.

2023 yil 3 oktyabr kuni fazoda kosmik stansiyada 371 kun yaşagan NASA astronavti Frank Rubio Yerga qaytib tuşdi. Bu NASA astronavtlari orasida fazoda eng uzoq muddat qoliş böyiça rekord böldi. Bungaça AQŞlik astronavtlardan biri fazoda 355 kun qolgan edi.

Frank Rubio ötirgan kapsula Qozoğistonning Jyezqazğan şahri yaqiniga kelib qöngan. Uni maxsus şifoxonaga olib ketişgan. Astronavtlar va kosmonavtlar fazoda uzoq muddat qolib ketsa ularning tanasida turli özgarişlar böladi. Şu sababli endi Frank Rubio jiddiy tekşiruvlardan ötkaziladi.

Frank bir yildan oşiq davom etgan kosmik sayohati davomida sport jihozlari bilan turli maşqlar qilgan. Endi öşa maşqlar uning tanasiga qanday ta’sir körsatgani örganiladi.

Frank Rubio
www.alamy.com

Insoniyat Quyoş sistemasini çuqurroq örganişni reja qilayotgan bir paytda bunday tadqiqotlar juda muhim. Masalan, Marsni örganiş dasturi böyiça fazoda 1100 kun – 3 yil böliş reja qilingan.

Marsga jönatiladigan kosmik kema Xalqaro Kosmik ctansiyadan kiçikroq hajmda böladi va bu kemaga yengil va kiçik hajmli sport jihozlarni örnatiş mumkin xolos.

Avvalroq Kun.uz’da Oyga uçgan kosmik apparatlar va amerikaliklarning Oyga parvozlari haqida maqolalar berilgandi. Bu safar kosmik rekordlar haqidagi ma’lumotlarni keltirib ötamiz.

Kosmik rekordlarning aksariyati insonlar parvozi bilan boğliq. Biroq ular orasida fazoga uçgan jonzotlar va turli kosmik qurilmalarga tegişli rekordlar ham bor.

Kosmik stansiyaning tuzilişi

Insonning fazoga ilk parvozlari