Özbekiston Respublikasi prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi "2023 yilda qayta tiklanuvçi energiya manbalarini va energiya tejovçi texnologiyalarni joriy etişni jadallaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi qarori bilan ijtimoiy soha obektlariga kiçik quvvatli qayta tiklanuvçi energiya manbalari qurilmalarini örnatiş vazifasi yuklangan.
Mazkur topşiriq ijrosini ta’minlaş maqsadida Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti va uning qoşidagi Akademik litsey binosiga jami 11 mlrd 220 mln sömlik 1020 kVt quvvatga ega bölgan quyoş panellarini örnatiş belgilangan.

Amalga oşirilgan işlar natijasida universitet va uning qoşidagi ta’lim muassasalari binolariga jami 16 mlrd 191 mln. sömlik, quvvati 1 500 kVt bölgan 2 738 dona quyoş panellari örnatilib, qayta tiklanuvçi energiya manbalarini joriy qiliş işlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab berilgan rejaga nisbatan 142% ga bajarildi.

Natijada universitetda bir kunda 7,2 ming kV/t, bir oyda 214,5 ming kVt, bir yilda esa 2 mln 609 ming kVt quvvatda 2 mlrd 265 mln sömlik elektr energiyasini işlab çiqariş imkoni yaratildi hamda bir yilda iste’mol qilinadigan 2,26 mln kVt elektr energiyasi uçun tölanişi lozim bölgan
2 mlrd 265 mln söm miqdoridagi mablağlar töliq iqtisod qilinişiga erişildi.

Örnatilgan barça quyoş panellari Bojxona qömitasining "Yaşil energiya" platformasiga kiritildi hamda ehtiyojdan ortiqça elektr energiyani “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga sotiş töğrisidagi şartnomalar imzolanib, şanba va yakşanba dam oliş kunlari hisobiga bugunga qadar quvvati 54 ming kVt bölgan 19,4 mln sömlik elektr energiyasi sotildi.
Reklama huquqi asosida












