Moskvalik yurak-qon tomir jarrohi bölgan Dilshot Mamadaliyev 29 oktyabr kuni keçqurun Mahaçqal’aga uçib kelgandi — aynan aeroport Tel-Avivdan reys kelayotganidan xabar topgan ğazabnok olomon tomonidan şturm qilingan pallada. Talonçilar Dilşotni isroillik deb öylaşgan va uni söroq qilib, pasportini olib qöyişgan. U BBC rus xizmati bilan suhbatda öşa oqşom bölgan voqea tafsilotlarini gapirib berdi.

Dilshot Mamadaliyev: «Samolyot Moskvadan, Şeremetevodan uçdi va keçqurun soat yettida Mahaçqalaga qöndi. Tel-Avivdan [Mahaçqal’aga] xalqaro reys borligini bilmasdim ham.

U yerda ikki terminal bor — içki va xalqaro reyslar uçun. Men içki reyslar qabul qilinadigan terminalga keldim va yuklarimni oldim. Atrofda mutlaqo normal vaziyat hukmron edi, men kabi boşqa yölovçilar ham yuklarini olib, öz yölida, öz xayollari bilan ketayotgandi.

Meni olib ketiş uçun haydovçi yuborişgandi, ammo keyin ma’lum bölişiça, u [aeroportga] kira olmagan, şu tufayli menga nazorat-ötkaziş punkti tomonga borişni tavsiya qilişdi. Xotirjam qadam taşlab kiriş eşigi tomon yurdim, u yerda esa meni bir guruh odamlar kutib oldi.

[Meni] örab olişdi, qayerdan uçib kelganimni söraşdi. Men Moskvadan uçib kelganimni aytdim. Sözlarimga işonişmadi, pasportni körsatişni söraşdi. Men pasportni körsatdim, Smolenskda tuğilganim, u yerda ösganimni bildirdim. Çamadonda birka bor edi, unda — «Şeremetevo aeroporti» körsatilgandi.

Ammo [menga] negadir işonişmadi. Yuzimdan şubhalanişdi şekilli, şuning uçun pasportim haqiqiy yoki soxtaligini tekşirişga kirişişdi.

[Bundan taşqari] mendan millatim nimaligini söraşdi. Men özbek ekanimni aytib javob berdim. Bir kişi men haqiqiy özbekmanmi yoki yöqligini tekşirişga qaror qildi va menga kömiklar tilida (Doğistonda yaşovçi xalq) gapirdi. Bu ham turk tillari guruhidagi til hisoblanadi. Men unga heç narsa deb javob bera olmadim».

29 oktyabr kuni tarqalgan videoda Dilshot agressiv kayfiyatdagi, baland ovozda gapirayotgan kişilar örtasida turgani, atrofdagilar telefonlari kameralarini unga qaratganini köriş mumkin: «Nima sen ***** [aldamoqçimisan]?» «Çamodanini olinglar!».