2 noyabr kuni Samarqandda bölib ötgan oliy darajadagi muzokaralardan söng Şavkat Mirziyoyev va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Özbekiston madaniy merosiga bağişlangan körgazma bilan tanişdi.

Körgazmada mamlakatning 7 ta muzeyidan eksponatlar jamlangan. U 3 ta bölimdan iborat. Birinçi bölim qadimgi davlatlar davri, madaniyatlarning Ipak yöli orqali tarqalişi, Kuşonlar imperiyasi haqida bölib, haykalçalar, tilla buyumlar va tangalar namoyiş etilgan. Ularning ayrimlari Özbekiston va Fransiya olimlarining birgalikdagi ekspeditsiyasida topilgan.
Ikkinçi bölim qadimgi va örta asrlarda san’at va madaniyatning gullab-yaşnaşi, yöllar va karvonlar mavzusi bilan taniştiradi.
Uçinçi bölim Reneseans va Temuriylar davrida Markaziy Osiyoda islom dinining tarqalişi, madaniyat va ilm-fan rivojlanişi haqida. Bu yerda mehmonlar Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Imom Buxoriy, Mirzo Uluğbek va Alişer Navoiy kabi uluğ allomalarning qölyozmalari bilan tanişişi mumkin. Bu bölim buyuk hukmdor Amir Temur siymosi atrofida taşkil etilgan bölib, unda öşa davrga oid bezak buyumlari va Fransiya qirolining Sohibqironga yöllagan maktubi taqdim etilgan.
«Körgazma Fransiya prezidenti va delegatsiya a’zolarida katta taassurot qoldirdi», deyiladi xabarda.



Söng davlat rahbarlari mamlakatlarni yanada yaqinlaştiriş va xalqlar örtasidagi döstlikni mustahkamlaşga qat’iy intiliş belgisi sifatida Kongress markazi boğida daraxt ekdi, deya ta’kidladi prezident matbuot xizmati.
Özbekiston prezidentining ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarida ikki davlat rahbarlarining Registon majmuasiga taşrifi aks etgan videolavhalar ham joylaştirildi.











