O‘z odatlaringizni o‘zgartirmagan holda xayrli ishda hissa qo‘shishingiz mumkin. Buning uchun haftaning juma kunida taksi chaqirish kifoya. Aksiya Yandex Go’ning barcha tariflarida va hududlarida yo‘lga qo‘yilgan xizmatlarda amal qiladi.

Qancha ko‘p sayohat bo‘lsa, shuncha ko‘p xayriya qilasiz – yaqinlaringizga ham taksi chiqarib, ko‘proq saxovat qiling. Har 10 km masofa uchun ko‘rsatilgan xizmatdan 50 so‘m O‘zbekistondagi xayriya tashkilotlariga o‘tkaziladi.

To‘plangan mablag‘lar dastur hamkorlari: “Sharoit Plus”, “Kapalak Bolalar”, “Ezgu Amal”, ONA xayriya tashkilotlariga taqsimlanadi.

Aksiya butun oy davomida amal qiladi. Uning natijalari 28-noyabr kuni “Saxiy ceshanba” kunida sarhisob qilinadi. Shu kuni dunyoning barcha mamlakatlarida odamlar kimga va qanday yordam berishlari mumkinligini aytishadi, notijorat tashkilotlar va korxonalar esa xayriya tadbirlarini o‘tkazish uchun birlashishadi.

Toshkent shahar “Sharoit Plus” nogironlar jamoat birlashmasi raisi Muhabbat Rahimova ushbu loyihaning samarasi haqida gapirdi:

“Yandex Go 2022-yilning oktabr oyidan boshlab tashkilotimiz bilan yaqindan hamkorlik qilib, xodimlarimiz va ijtimoiy xizmatlarimiz foydalanuvchilari uchun sayohat promo-kodlarini taqdim etib kelmoqda. Taksi xizmatining bunday yordami nogironlarning ta’lim, mehnat va imkoniyatlarni kengaytirishga ko‘maklashish bo‘yicha faoliyatimizni samarali tashkil etishga yordam bermoqda. “Saxiy noyabr” kabi aksiyalar jamiyatimizda nogironlar inklyuziviyasi to‘g‘risida xabardorlikni oshirishda muhim o‘rin tutadi va O‘zbekistonda barcha uchun to‘siqsiz va inklyuziv jamiyat yaratish bo‘yicha ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishni davom ettirishda ko‘maklashadi”, — dedi u.

– Jamg‘armamiz O‘zbekistonda bullyoz epidermoliz va ixtioz kasalliklari tashxisi qo‘yilgan bolalarga yordam beradi. “Saxiy noyabr” aksiyasida ishtirok etish – bu bizning faoliyatimiz haqida ko‘proq odamlarga ma’lumot berish va ko‘proq yordamga muhtojlarga ko‘mak berish uchun qo‘shimcha mablag‘ olish imkoniyatidir. Biz Yandex Go kompaniyasiga ushbu ajoyib tashabbusning bir qismi bo‘lish imkoniyatini bergani uchun minnatdorchilik bildiramiz, bu har bir saxovatli insonlarga bullyoz epidermoliz bilan kasallangan bolalar va ularning oilalari uchun imkon qadar yaxshi sharoit yaratishga hissa qo‘shish imkonini beradi, - deya minnatdorchilik bildiradi dermatolog va “Kapalak Bolalar” xayriya tashkiloti vakili Madamin Xoldorbekov.