Rossiyada xorijiy migrantlar haddan taşqari köpligi muammosini Markaziy Osiyo respublikalariga pul ötkazmalari uçun majburiy 30 foizlik komissiya joriy etiş orqali hal qiliş mumkin, degan «360» naşri bilan suhbatda politolog Aleksey Yaroşenko. Uning fikriça, bu çora RFga mehnat migratsiyasining jozibadorligini kamaytiradi va şu bilan birgalikda rossiyaliklarning turmuş darajasini oşiradi.
«Agar Rossiya banki mijozi öz uyiga pul jönatsa, u pul ötkazmasining maqsadlaridan qat’iy nazar summaning 30 foizini tölaşi kerak. Bank bu pullarni maxsus federal byuljyet jamğarmasiga ötkazadi, bu çora pullar Rossiyada qolişini ta’minlaydi», — deya taklif bildirgan tahlilçi.
U ayrim hisob-kitoblar Markaziy Osiyodan kelganlar har yili öz vatanlariga bir neça milliardlab rubl miqdoridagi pullarni yuborişini körsatişini ta’kidlagan. Uning sözlariga köra, bu pullar şunçaki mamlakatdan olib çiqib ketilmoqda.
Yaroşenko migrantlar muammosini hal qilişning yana bir iqtisodiy çorasi sifatida Rossiya banklarida Tojikiston, Özbekiston, Turkmaniston va Qirğiziston fuqarolarining bank kartalariga xizmat körsatiş uçun haqni oşirişni ham taklif qilgan. Şuningdek, u naqd körinişdagi pul olib çiqiş limitini kamaytiriş lozimligini ta’kidlagan.
Bundan oldinroq, Rossiyada çet ellik işçilar uçun patent qiymati böyiça qat’iy belgilangan avans miqdorini tört barobar oşiriş taklif etilayotgani xabar qilingandi.













