Prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan taklifiga binoan 29-30 oktabr kunlari amaliy taşrif bilan uşbu mamlakatda böladi.

Davlat rahbari Anqara şahrida Turkiy davlatlar taşkilotining «Turk asri: tilda, fikrda va işda birlik» mavzusidagi navbatdagi sammitida iştirok etadi.

Taşkilot doirasida köp tomonlama hamkorlikni, avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalarda, şuningdek, turizm, ekologiya va taʼlim yönalişlarida yanada kengaytiriş va mustahkamlaşning dolzarb masalalari körib çiqiladi.

Delegatsiyalar rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşadilar.

Sammit yakunlari böyiça Anqara deklaratsiyasi hamda taşkilotga aʼzo mamlakatlar örtasidagi özaro manfaatli şeriklikni rivojlantirişga qaratilgan qator qöşma qaror va hujjatlar qabul qilinişi rejalaştirilgan.