Ukrainada urushning 619-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar
- Anneksiya qilingan Qrimda havo hujumidan mudofaa tizimi ishladi. Urib tushirilgan raketa parchalari Kerchdagi kemasozlik zavodi hududiga tushgan. Taxminlarga ko‘ra, kichik raketa kemasi shikastlangan.
- «Bu umidsiz vaziyat emas», — dedi Zelenskiy frontdagi holat haqida. Oldinroq Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy urush «boshi berk ko‘chaga kirib qolgani»ni aytgandi.
- Xerson o‘qqa tutilishi oqibatida oziq-ovqat do‘koni yaqinida bir kishi g‘alok bo‘ldi, bir ayol yaralangan.
- Dnipropetrovsk oblastida uchta raketa urib tushirilgan, infratuzilma obektiga zarba kelib tushgan.
- Poltava oblastiga raketa zarbalari oqibatida bir ayol halok bo‘lib, ikki bola yaralangan.
- Rossiya qo‘shini Ukraina qurolli kuchlarining Melitopol va Berdyansk bo‘ylab zarbalari qaytarilganini ma’lum qildi.
- Buyuk Britaniya mudofaa vazirlii Rossiya armiyasi Avdiyivkaga yurish vaqtida minglab askarlardan ayrilgani haqida xabar berdi.
- NBC ma’lumotiga ko‘ra, AQSh va Yevropa Ukraina bilan tinchlik muzokaralari ehtimolini muhokama qila boshladi.
Xerson atrofida dron ovchilari
Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy yaqinda The Economist jurnaliga katta intervyu bergan, unda zamonaviy urushda uchuvchisiz aviatsiyaning strategik ahamiyatiga yana bir bor to‘xtalgandi. Zalujniy frontdagi vaziyat boshi berk ko‘chaga kirib qolganini tan olgan, ukrainlarning yurishi esa pozitsion urushga aylanishi va bu turg‘unlik bir necha yilga cho‘zilishi mumkinligini aytib, bunday holat sabablaridan biri sifatida dronlar razvedkasi texnologiyalari rivojlanayotganini keltirgan.
Aynan dronlar artilleriya bilan hamohanglikda harakatlanishi mojaroning har ikki tomoniga kutilmagan yorib o‘tishlar amalga oshirish imkonini bermaydi. «Oddiy haqiqat shundaki, biz dushman nima qilayotganini ko‘rib turibmiz, ular esa biz nima qilayotganimizni», — deya izohlagan Zalujniy. Uning so‘zlariga ko‘ra, murakkab vaziyatdan chiqish uchun ukrain armiyasiga uchuvchisiz uchish qurilmalar, radioelektron kurash va minalardan tozalash uskunalari, jumladan, yangi robotlashtirilgan yeichmlar sohasidagi innovatsiyalar kerak. Shu bilan birga, Zalujniyning fikricha, yaqin vaqtlar ichida bunday texnologik yutuqlar bo‘lishining alomatlari ko‘rinmayapti.


























