Özbekistonning «Gazli» va «Xöjaobod» yerosti gaz omborlari 6 noyabr holatiga köra 98 foizga töldi. Bu haqda «Öztransgaz» matbuot xizmati rahbari Şahnoza Ravşanova Gazeta.uz'ga ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, kuz-qiş mavsumi uçun möljallangan 3,5 mlrd kubometr gazdan 3,445 mlrd kubometri gaz omborlariga haydalgan. Qayd etilişiça, «Xöjaobod» gaz omborining quvvati 900 mln, «Gazli» gaz omborining quvvati esa 3 mlrd kubometrni taşkil etadi. 

Faol gaz saqlaş hajmini oşiriş loyihasi doirasida «Xöjaobod» yer osti gaz omborida 5 ta quduq qazilgan.

Ma’lum qilinişiça, ob-havo şaroiti qulay bölgani uçun omborlardan gaz oliş boşlanmagan, aksinça, ularni töldiriş davom etyapti.

Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov sentabr oyida bergan intervyusida yil oxirigaça «Gazli» ombori siğimini 4,5 mlrd kubometrga, kelajakda esa 10 mlrd kubometrga yetkaziş rejalaştirilganini aytgan.