Rossiya Yevropada oddiy qurolli kuchlar to‘g‘risidagi shartnomadan chiqdi
YeOQKShdan chiqish tartibi yakunlandi, deb xabar qildi Rossiya TIV. Shartnomada harbiy texnika, jumladan, tanklar, artilleriya, vertolyotlar va samolyotlar miqdori bo‘yicha kvotalar belgilangandi.

Foto: Picture Alliance
Rossiya 7 noyabr, seshanbaga o‘tar kechasi Yevropada oddiy qurolli kuchlar to‘g‘risidagi shartnomadan (YeOQKSh) chiqish tartibini yakunladi, deyiladi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida. Xabarda ta’kidlanishicha, ayni paytda 1990 yil 3 noyabrdagi Budapesht kelishuvi va 1996 yil 31 maydagi Qanotli hujjat deb ataluvchi, YeOQKSh shartnomasi bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar Moskva uchun endi amal qilmaydi.
«Birinchisi, o‘sha paytdagi Varshava shartnomasi ishtirokchilarining har biri uchun oddiy qurollar darajasini aniqlash maqsadida tuzilgan, ikkinchisi esa SSSR parchalanishi munosabati bilan yuzaga kelgan qanotli cheklovlar muammosini vaqtincha hal qilish uchun ishlab chiqilgan», - deb tushuntirdi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi.
YeOQKShning denonsatsiyasi
Yevropada oddiy qurolli kuchlar to‘g‘risidagi shartnoma 1990 yil 19 noyabrda NATOning o‘n oltita davlati va Varshava shartnomasi tashkilotiga a’zo bo‘lgan olti mamlakat tomonidan imzolangan. Hujjat ishtirokchi davlatlar uchun oddiy qurollar va harbiy texnikalar soniga cheklovlar o‘rnatdi. Jangovar tanklar va zirhli texnikalar, artilleriya, jangovar samolyotlar va vertolyotlar uchun cheklovlar belgilandi.
Rossiya 1992 yil iyul oyida shartnomani ratifikatsiya qildi va 2007 yil iyul oyida uning amal qilishini to‘xtatdi. Tashqi ishlar vazirligining ta’kidlashicha, YeOQKSh shartnomasining to‘xtatilishi Vladimir Putinning «Myunxendagi nutqiga muvofiq» qilingan. O‘shanda Myunxenda yillik xavfsizlik konferensiyasida so‘zga chiqqan Rossiya prezidenti kutilmaganda AQShni va Rossiya tashqi siyosatida burilish nuqtasi bo‘lgan bir qutbli dunyo modelini qattiq tanqid qildi. 2015 yilda Moskva YeOQKSh bo‘yicha qo‘shma maslahat guruhi yig‘ilishlarida ishtirok etishni to‘xtatdi.
2023 yil may oyida Vladimir Putin YeOQKShni denonsatsiya qiluvchi qonunni imzoladi.
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eco Expo Central Asia 2025 ko‘rgazmasi doirasida 120 dan ortiq kelishuv imzolandi
O‘zbekiston | 11:47
-
🔴 LIVE: NATO qurollanmoqda. Putin nima deydi? | “Geosiyosat” haftaligi
Jahon | 11:05
-
Tehronda Isroil zarbalari qurboni bo‘lgan general va olimlarning dafn marosimi o‘tkazildi – fotolar
Jahon | 09:58
-
Rossiya dronlari Odessani, Ukraina Bryanskdagi arsenalni o‘qqa tutdi
Jahon | 08:10
Mavzuga oid

08:10
Rossiya dronlari Odessani, Ukraina Bryanskdagi arsenalni o‘qqa tutdi

23:45 / 28.06.2025
Ozarboyjon Rossiyani ikki ozarboyjonlikni o‘ldirganlikda aybladi va tergov talab qildi

16:49 / 28.06.2025
ruID orqali ariza topshirmaslik Rossiyaga kirishga to‘sqinlik qilmaydi – Rossiya elchixonasi

15:19 / 28.06.2025