Ötgan qişda Toşkentning köplab hududlarida köp qavatli uylar yetarliça isitilmadi. Kun.uz noyabrning ilk kunlarida şahardagi issiqlik ta’minoti operatori – Veolia mas’ullari bilan suhbatlaşib, bu yilgi qişga qanday tayyorgarlik körilgani haqida söradi.

2022 yil 1 iyuldan e’tiboran, Fransiyaning Veolia kompaniyasi davlat-xususiy şerikçilik asosida Toşkent şahri issiqlik ta’minotining yagona operatori sifatida iş boşladi. Kun.uz tizimga oid bir neçta savollar bilan kompaniya mas’ullariga murojaat qildi.

Kompaniya boş muhandisi Ikromjon Isoqovning aytişiça, hozirda Toşkent şahrida 90 foiz issiqlikni işlab çiqariş “Toş elektromarkaz” va “Toşkent elektromarkaz” unitar korxonalari hissasiga töğri keladi, 10 foizini “Veolia”ning özi işlab çiqaradi va 100 foiz issiqlikni aholiga yetkazib beradi.

“Ötgan yili qişda haqiqatan ança masalalar bölgan. Asosiy muammo işlab çiqariladigan elektr markazlarida gaz bosimi kam bölgani uçun issiqlik yetarli darajada bölmagani bilan boğliq. Şuning hisobiga ança muammo böldi. Bu yil kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik davomida 68 kilometrlik quvurlarni almaştirdik. Yoz vaqtida 16 bosimli sinovlarni ötkazdik. Eskirgan quvurlarni tekşirib, almaştirdik. Lokal qozonxonalarni ta’mirladik. Işonamanki, bu yil kuz-qiş mavsumini eson-omon ötkazamiz, aholida e’tiroz bölmaydi”, – dedi kompaniya vakili.

Ikromjon Isoqov

Kompaniya mas’ullarining aytişiça, şahardagi 1500 km issiqlik tarmoğining 80 foizi texnik auditdan ötkazilgan. Bu boradagi işlarni 2024 yil bahorida yakunlaş reja qilingan.

“Dastlabki xulosalarga köra, ba’zi joylarda issiqlik tarmoqlarini suv bosganini köramiz, torayiş holatlari kuzatiladi, ya’ni bir paytlar örnatilgan quvurlar diametri normativ talablarga javob bermaydi. Şunday ekan, ötkazilayotgan texnik audit hozirgi sxemadan kelib çiqib, tarmoq holatini talab darajasiga keltiriş imkonini beradi”, – deydi “Veolia Energy Tashkent” MÇJning kommunikatsiyalar va biznesni rivojlantiriş böyiça direktor Arsen Pogosov.

Uning sözlariga köra, ayrim uçastkalarda tarmoqqa ruxsat berilmagan ulanişlar ham aniqlangan – ulardan odamlar ekinni suğoriş uçun va boşqa maqsadlarda foydalangan.