8 noyabr kuni Toşkentda Iqtisodiy hamkorlik taşkilotining 16-sammiti arafasida taşkilotga a’zo davlatlar işbilarmon doiralarining biznes-uçraşuvi ötkazildi.
Unda IHT a’zo-davlatlari Savdo-sanoat palatalari, vazirliklar, soha muassasalari, banklar va xususiy kompaniyalar rahbarlari hamda vakillari iştirok etdi. Şuningdek, Ozarbayjon, Eron, Qozoğiston, Qirğiziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya davlatlaridan 300 ziyod delegat va Özbeskitondan 300 dan ortiq vakillar qatnaşdi.
Biznes-forumni ötkazişdan maqsad – IHT mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni faollaştiriş, Özbekiston va taşkilotning a’zo-davlatlari tadbirkorlari örtasida yangi aloqalar örnatişdan iborat.
Özbekistonning Erondagi elçisi Bahodir Abdullayev jurnalistlarga bergan intervyusida biznes-uçraşuv Özbekistonning taşbbusi bilan amalga oşirilayotganini ta’kidladi.
“Tadbirning oçiliş qismi bölib ötgandan keyin biznesmenlarning B2B uçraşuvlari amalga oşiriladi va bu uçraşuvlar jarayonida eksport, investitsiya yönalişlarida hujjatlar imzolanişi kutilyapti.
Iqtisodiy hamkorlik taşkilotiga Özbekistonning yaqin qöşnilari va asosiy iqtisodiy hamkorlari a’zo. Bu öz-özidan Özbekistonni har tomonlama, savdo, transport-logistikasi, atrof-muhit muhofazasi yönalişida manfaatlariga töla javob beradi”,– dedi u.
Elçining sözlariga köra, IHT sammitining ilk marta Özbekistonda ötkazilişi katta ahamiyatga ega.
“Biznes forum iştirokçiularining sonidan ham biz buni körişimiz mumkin. IHTning 15-sammitida prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan 8ta amaliy taşabbuslar ilgari surildi, bularning aksariyati implementatsiya böldi. Jumladan, savdo bitimini qayta körib çiqiş, mansabdor şaxslarning platfotrmasini tuziş orqali taşkilot faoliyatini oşiriş va eng muhimi, atrof-muhit böyiça xalqaro platformani taşkil etiş taşabbuslari edi. Bugungi kunda ular böyiça işlar davom etmoqda”, – dedi Bahodir Abdullayev.
Ayni paytda Özbekistonning IHTdagi vakili hisoblangan Abdullayev taşkilotning boş hujjati, 1992 yilda imzolangan Izmir kelişuvida har 2 yilda a’zo mamlakatlarning davlat rahbarlari uçraşuvi bölib ötişi nazarda tutilganini ta’kidladi.











