Uzum Market milliy marketpleysi 11.11 savdosining dastlabki soatlari natijalari bilan bölişdi. 3 soat içida milliy marketpleysda buyurtmalar soni 10 noyabrdagi körsatkiçlarga nisbatan 4 baravar oşdi. Eng köp sotilgan tovarlar orasida: mahsulotlar, idiş-tovoq va uy-rözğor buyumlari, şuningdek, smartfonlar bor. "Beparvolikning nozik san’ati" ham maşhur — 3 soat içida kitob 25 marta buyurtma qilingan. 

Bugun milliy marketpleysda 80% gaça çegirmalar bilan 100 mingdan ortiq tovarlar taqdim etilgan, katta savdoda 2000 dan ortiq sotuvçilar — mamlakatning barça mintaqalaridan yirik kompaniyalar va xususiy tadbirkorlar iştirok etmoqda. 

— Bu yilgi katta savdolarni nafaqat xaridorlarimiz, balki sotuvçilar ham kutişgan, çunki 11.11 — bu yangi mijozlarni jalb qiliş, savdolarni oşiriş, yangi şarhlar oliş va dökonning marketpleysdagi reytingini oşiriş imkoniyatidir, — deydi Uzum Market boş direktori Ilşat Xametov. — Savdolar mavsumi boşlanişidan oldin biz yangi omborni işga tuşirdik va atigi sönggi bir oy içida 37 ta yangi buyurtma tarqatiş punktlarini oçdik, jadal ösişga qaramay, mijozlarimiz örganib qolgan servis sifatini saqlab qoliş uçun. 11.11 savdosida qilingan birinçi buyurtmalarini Uzum Market foydalanuvçilari ertagayoq olişadi. 

Katta savdoning dastlabki soatlarida eng maşhur tovarlar - kungaboqar yoği, tez eriydigan qahva, konservalangan nöxat va makkajöxori, şuningdek, Xiaomi Redmi Note va Infinix smartfonlari böldi. Toşkent, Buxoro va Nukus aholisi çegirmali tovarlarni xarid qilişda eng faol böldi. 

Uzum Market milliy marketpleysida katta savdo 11 noyabrdan 21 noyabrgaça davom etadi. 1 kun içida yetkazib beriladigan tovarlarga mamlakat böylab 72 ta aholi punktlari aholisi buyurtma berişlari mumkin.

Reklama