Unda BMT Xavfsizlik Kengaşidan «Isroilning Ğazo sektoridagi tajovuzini töxtatiş uçun majburiy qaror qabul qiliş» talabi bor.

«Biz Isroilning Ğazo sektoriga bölgan tajovuzini va Isroil tomonidan sodir etilgan harbiy jinoyatlar, bolalar, ayollar va jurnalistlarning öldirilişi, şuningdek, tibbiyot xodimlariga qilingan hujumlarni qoralaymiz», deyiladi hujjatda.

Arab-Islom sammiti iştirokçilari, şuningdek, Isroilning kimyoviy qurol qöllagani böyiça tekşiruv ötkazişni talab qilib, barça davlatlarni «Falastin xalqiga qarşi istiloçi ma’muriyat qöllagan qurollarni eksport qilişni töxtatişga» çaqirdi.

«Ğazo sektoriga tajovuz qiliş katta harbiy jinoyat hisoblanadi. Ğazodagi uruşni töxtatiş uçun zudlik bilan xalqaro çoralar köriş kerak», deyiladi bayonotda.

Arab davlatlari Ligasi va IHT davlatlari rahbarlari «barça mahbuslar va tinç aholini ozod qiliş zarurligini» ta’kidladilar, şuningdek, «Ğazo blokadasini töxtatiş va insonparvarlik, oziq-ovqat, tibbiy yordam va yoqilği importini ta’minlaşni» talab qilişdi. Şu bilan birga, iştirokçilar «falastinliklarni Ğazo sektori, Ğarbiy Sohil yoki Quddusga majburan köçirişga qaratilgan har qanday urinişlarni» rad etişdi.