Noyabr oyi boşlarida Ukraina qurolli kuçlari 128-alohida toğ-şturm brigadasi jangçilari Zaporijjya oblastidagi taqdirlaş marosimi vaqtida rossiyaliklar zarbasiga uçradi. 19 kişi halok bölib, önlab kişilar yaralangan. The Washington Post jurnalistlari omon qolganlar bilan gaplaşdi. Harbiylar marosim taşkil etilişini sovetlarning Ikkinçi jahon uruşi töğrisidagi tarğibot filmlari kadrlari bilan soliştirgan va taqdirlaşni nima uçun rossiyaliklarning raketalari yetib kela oladigan hududda — oçiq osmon ostida ötkazişga qaror qilişganidan ajablanişgan.

3 noyabr tongida UQK 128-alohida toğ-şturm brigadasi jangçilari Zaporijjya oblasti Zareçne posyolkasida Artilleriya kuni şarafiga medallar topşiriş marosimiga yiğiladi — bu front çiziğidan taxminan 30 kilometr içkarida röy bergan. The Washington Post naşri qayd etişiça, Ukraina hukumati harbiy xizmatçilarning jangovar ruhini kötariş uçun foydalanadigan bunday marosimlar sovetlar davrining harbiy an’analarini davom ettiriş hisoblanadi.

«Sovet davri qaytdi, — degan 128-brigadaning jurnalistlar bilan anonim şartida gaplaşgan harbiy xizmatçilaridan biri. — Bu Rossiyaning Ikkinçi jahon uruşi töğrisidagi propaganda filmlarini eslatadi».

Rossiya armiyasi soat ertalab 10 atrofida — taqdirlaş marosimi boşlanganidan 10 daqiqa ötib zarba yöllagan. Bu yerda bir yoki ikki raketa portlagan. Ukraina QK ma’lumotiga köra, bu «Iskander-M» raketasi bölgan. Kamida 19 nafar harbiy xizmatçi, jumladan bir neça ofitserlar ham halok bölgan. Yana önlab harbiylar jarohat olgan.

Hodisa haqidagi xabar ukrain naşrlarida 4 noyabr kuni keçqurun paydo böla boşladi. The Washington Post suhbatdoşlaridan birining tasdiqlaşiça, agar harbiylarning qarindoşlari ijtimoiy tarmoqlarda «şovqin kötarmaganida», bu voqea haqida «heç kim bilmay qolgan ham bölardi».

Köp ötmay Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov halok bölgan jangçilarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi va «fojia»ning barça tafsilotlarini sinçkovlik bilan tekşirişga topşiriq berdi, ammo aynan nima röy berganiga töxtalmadi. Keyingi kuni 128-brigadaning asosiy bazasi joylaşgan Karpatorti oblasti rahbari Viktor Mikita qurbonlar xotirasiga uç kun motam e’lon qildi. Keyin brigadaning özi ham Zaporijjya oblastida rossiyaliklar raketa zarbasi oqibatida harbiylari halok bölganini tasdiqladi.

Qança harbiy halok bölib, qançasi yaralangani aniq emas. Brigadaning özida 19 nafar harbiy xizmatçining ölimi tasdiqlangan. Ukraina Oliy radasi deputati Oleksiy Kuçerenko 28 qurbon va 53 yarador haqida xabar bergandi. The Washington Post bilan suhbatda brigada harbiy xizmatçilaridan biri 21 nafar quroldoşi ölimi haqida aytgan. «Zarba vaqtida qança odam yaralangani yoki halok bölganini aniq aytiş qiyin. Otişmadan keyin 21 jasad sanalgandi. Hospitaldagilarning barçasi yaşab ketgani noma’lum», — degan u.