O‘zbekiston | 18:24 / 12.11.2023
7911
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda noyabr boshidan qariyb 15 mlrd so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanildi

Holatlarning eng ko‘p qismi Samarqand, Farg‘ona va Andijon viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Foto: «O‘zenergoinspeksiya» matbuot xizmati

O‘zbekistonda so‘nggi 10 kunda ayrim iste’molchilarning elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi natijasida davlatga 14 milliard 898 million so‘mlik zarar yetkazildi. Bu haqda «O‘zenergoinspeksiya» matbuot xizmati xabar berdi.

Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya», Bosh prokuratura, tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar, elektr hamda gaz ta’minoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda noyabr oyida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 1185 ta holatda iste’molchilar tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Bunda 11 milliard 338 milliard so‘mlik elektr energiyasi va 3 milliard 560 million so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilinishi natijasida davlat manfaatlariga keltirilgan jami 14 milliard 898 million so‘mlik zarar undirishga qaratildi.

Noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi Samarqand, Farg‘ona va Andijon viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Mavzuga oid