Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda tibbiyot birlashmalari rahbarlarining qonundan tashqaridagi 22 ta buyrug‘i bekor qilindi
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali tomonidan viloyatdagi sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlarida xodimlarni ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish holati monitoring qilindi.
Monitoring davomida 11 ta tuman tibbiyot birlashmalarida 22 ta holatda mavjud vakant lavozimlarga ochiq tanlovlarsiz hamda tanlov g‘olibi aniqlangunga qadar "vaqtincha bajaruvchi" sifatida xodimlarni ishga olish holatlari aniqlangan.
Monitoring natijasi bo‘yicha Bulung‘ur, Jomboy, Narpay, Nurobod, Payariq, Paxtachi, Toyloq, Samarqand tumanlari va Samarqand shahar tibbiyot birlashmalarining 9 nafar rahbar xodimlari jami 23 million 100 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarimaga tortilgan.
Shuningdek, noqonuniy ishga qabul qilinganlar bo‘yicha 22 ta buyruq bekor qilinib, tashkilotlarning Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limlari boshliqlariga intizomiy chora qo‘llash uchun viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga taqdimnoma kiritilgan.
Mavzuga oid
20:13 / 26.04.2026
Samarqandda 490 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
11:56 / 25.04.2026
Saida Mirziyoyeva: “Haqqoniy holatni hisobotlarda emas, o‘z ko‘zim bilan ko‘rish uchun tez-tez kelib turaman”
13:21 / 21.04.2026
Saida Mirziyoyeva Samarqandda JSST rahbari bilan uchrashdi
10:11 / 21.04.2026