Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod şahrida Arab davlatlari ligasi hamda Islom hamkorlik taşkilotining favqulodda qöşma sammiti ötkazildi. Isroil agressiyasi oqibatida Ğazodagi vaziyat keskinlaşib borayotgani uçun ikki taşkilot yiğilişi birlaştirildi.
Sammitning umumiy rezolyutsiyasida Isroilning Ğazodagi harakatlari qoralandi. «Biz Isroilning Ğazodagi agressiyasini, Ğarbiy sohil, Şimoliy Quddusdagi Falastin xalqiga qarşi kolonial bosqinçi hukumat tomonidan noinsoniy va vahşiylarça amalga oşirilayotgan ommaviy qotillik körinişidagi harbiy jinoyatlarni qoralaymiz. Bu agressiya tezda töxtatilişini talab qilamiz», deyiladi bayonotda.
Isroilga qarşi sanksiya taklifi rad etildi
Yiğilişda Isroil va uning asosiy ittifoqçisi AQŞ manziliga köp salbiy gaplar aytildi, ammo bu bayonotlar amaliy harakatlarga köçmadi. Masalan, Jazoir arab davlatlari tomonidan Isroilga qarşi sanksiyalar joriy qiliş loyihasini taqdim etdi. Jazoir AQŞning Isroilga yordam berişda arab davlatlaridagi harbiy bazalardan foydalanişiga yöl qöymaslik, Isroil bilan iqtisodiy aloqalarni uziş taklifini ham bildirgandi.
Jazoirning asosiy taklifi esa neft bilan boğliq edi. Şimoliy Afrikadagi arab davlati qolgan arablarni Isroilga neft bermaslikka, «qora oltin»dan Isroilga bosim ötkaziş yölida foydalanişga çaqirdi. Ammo bu şunçaki taklifligiça qolib ketdi. Çunki Arab davlatlari ligasining 11 a’zosi qöllagan uşbu taklifni liganing ikki asosiy davlati – Saudiya Arabistoni va BAA, şuningdek, Marokaş hamda Bahrayn qöllab-quvvatlamadi.
Ekspertlar fikriça, arab davlatlari sammit oldidan ham Isroilga qarşi qandaydir sanksiya kiritiş haqida öylamagan. Jazoirning taklifini «piar yuriş» deb ataganlar ham böldi.
Times of Israel naşri yozişiça, sammitda Isroil samolyotlarining arab davlatlari osmoni uzra uçişini taqiqlaş ham taklif qilingan. Ammo bu taklif Saudiya Arabistoni, BAA, Iordaniya, Misr, Sudan, Marokaş, Mavritaniya va Jibuti tomonidan qöllab-quvvatlanmagan.

Bunaqasi avval bölgandi
Jazoir tomoni Isroilga qarşi sanksiyalar doirasida bejiz neftdan foydalaniş kerakligini ilgari surmagan. Çunki bunaqasi avval ham bölgan. 1973 yilgi arablar va Isroil örtasidagi «Qiyomat kuni uruşi» vaqtida OPeK a’zosi bölgan barça arab davlatlari, şuningdek, Misr va Suriya uruşda Isroilni qöllagan Britaniya, Kanada, AQŞ, Niderlandiya va Yaponiyaga neft sotmasligini e’lon qiladi.













