UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Onix’ning bir qator pozitsiyalari uçun narxlarini oşirdi. Chevrolet.uz saytidagi yangilangan ma’lumotlarga köra, narxlar 4,6 mln sömdan 28 mln sömgaça qimmatlaşgan. Narx oşgani haqidagi ma’lumotlar bu safar ham rasman e’lon qilinmadi.
Chevrolet Onix modellarining narxlari quyidagiça özgargan:
- Chevrolet Onix LS MT 149 mln sömdan 176,9 mln sömga;
- Chevrolet Onix 1LT MT 155 mln sömdan 180,8 mln sömga;
- Chevrolet Onix 4LT LTZ Turbo AT 185 mln sömdan 199,9 mln sömga;
- Chevrolet Onix Premier-1 – 207,3 mln sömdan 211,9 mln sömga;
- Chevrolet Onix Premier-2 – 214,7 mln sömdan 219,6 mln sömga qimmatlagan.
E’tiborga molik jihati, uşbu pozitsiyadagi Onix avtomobillarining birortasi sotuvda mavjud emas.
Avvalroq, Onix 3LT MT modelining narxi ham 159 mln sömdan 184,7 mln sömga oşirilib, keyin sotuvga çiqargandi.
Ma’lumot uçun, ötgan oyda Lacetti, Damas, Labo va Cobalt modellari narxlari ham 4,7 mln sömdan 9 mln sömgaça qimmatlaşgandi.












