UzAuto Motors kompaniyasi bir qator ommabop avtomobillarning narxlarini oşirdi. Chevrolet.uz saytidagi yangilangan ma’lumotlarga köra, Lacetti, Damas, Labo va Cobalt modellari narxlari 4,7 mln sömdan 9 mln sömgaça qimmatlaşgan.
Qimmatlaşgan komplektatsiyalarning yangi narxlari:
- Lacetti L-Style Plus AT: 169 118 000 söm (eski narxi – 160 868 000 söm);
- Damas D2 DLX Style Plus: 96 932 000 söm (eski narxi – 92 204 000 söm);
- Labo LB2 Plus: 96 370 000 söm (eski narxi – 91 669 000 söm);
- Cobalt GS-Style Plus MT: 119 542 000 söm (eski narxi – 113 711 000 söm);
- Cobalt GX-Style Plus AT: 141 181 000 söm (134 294 000 söm).
Eslatib ötamiz, kompaniya ommabop modellari sotuvini 8 oylik tanaffusdan keyin şu yil avgust oyi boşida qayta tiklagan, öşanda avtosalonlarda kuzatilgan ajiotaj fonida 50 mingdan ortiq avtomobil uçun şartnomalar bir sutka içida tarqatib bölingani aytilgandi. Keyinroq, 18 sentabr kuni qöşimça şartnoma beriş boşlangani xabar qilindi, biroq oradan 2 soat ötar-ötmas 28 mingta şartnoma tugagani, jarayon esa töxtatilgani ma’lum böldi.













