Ijtimoiy tarmoqlar va ayrim Telegram-kanallarida hakerlik hujumi oqibatida serverlar buzib kirilgani, buning natijasida firibgarlar bank kartalaridan pul yeçib olgani va ularni mamlakatdan olib çiqib ketgani haqidagi xabarlar tarqalgandi.

Şundan söng, Humo tölov tizimi bu xabarlar yolğon ekanini va tizim barça xavfsizlik talablariga javob berişini ma’lum qilgandi.

Markaziy bank ham banklar va tölov tizimlariga heç qanday kiberhujum bölmaganini hamda ayni paytda ularning faoliyati barça xavfsizlik talablariga javob berişini bildirdi.

Gazeta.uz bilan boğlangan bir qança jabrlanuvçilarning sözlariga köra, 11 noyabr kuni ularning bank kartalaridan katta miqdorda pul yeçib olingan.

Viktoriya ismli öquvçining ma’lum qilişiça, 11 noyabrga ötar keçasi uning Tenge Bank tomonidan çiqarilgan Humo kartasidan uçta ötkazma orqali 19,7 mln söm yeçib olingan. U buni ertalab bilgan.

Viktoriya Unired jönatuvçisidan, şuningdek, OFB-exʼdan (gap OFB Express haqida ketayotgan bölişi mumkin) xabarlar olgan. Uning aniqlik kiritişiça, bunday nomdagi ilovalardan heç biri uning telefoniga örnatilmagan. 

Biroz keyinroq Viktoriyaning turmuş örtoği öz telefoniga Unired dasturini örnatgan.

«Bu dasturda Humo kartasi haqidagi hamma ma’lumotlar bor ekan, telefon raqamim ostida esa [notaniş kişining] ismi yozilgan. Şuningdek, uşbu dasturdan [boşqa bir notaniş]ning kartasiga 19,7 mln söm ötkazilgani körindi. Keyinçalik bu Tenge Bank ʼda hisobraqamlariga ega bölgan haqiqiy odamlar ekani ma’lum böldi», — deb yozgan Viktoriya.

Yana bir jabrlanuvçi Sergey 11 noyabrga ötar keçasi Unired ilovasi orqali InfinBank va Özmilliybank tomonidan çiqarilgan har ikkala Humo kartasidan törtta tranzaksiyada jami 74 mln söm pul ötkazmalari amalga oşirilganini aytgan. Keçasi, avvalgi holatlarda bölgani kabi, Sergey ham SMS orqali kelgan kodlarni heç kimga bermagan.

Yuqorida tilga olingan Unired ilovasi Universalbank bankiga tegişli. Sergey izoh oliş maqsadida uşbu bank bilan boğlanganini aytgan.