Özbekiston prezidentining 2023 yil 17 noyabrdagi «Iş haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oşiriş töğrisida»gi 196-sonli farmoniga köra, joriy yil 1 dekabrdan iş haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7 foizga oşirilmoqda.
Ya’ni:
- pensiyani hisoblaşning bazaviy miqdori – 372 ming söm (hozir – 347 ming söm);
- yoşga doir eng kam pensiya miqdori – 725 ming söm (677 ming söm);
- mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori – 1 mln 50 ming söm (920 ming söm) etib belgilanmoqda.
Prezidentning farmoni natijasida 4,5 mln kişining pensiyasi va nafaqalari miqdori köpayadi va barça budjet taşkilotlari xodimlarining oylik maoşlari dekabrdan boşlab 7 foizga oşgan holda hisoblanadi.
Şuningdek, bazaviy hisoblaş miqdori 1 dekabrdan 3 foiz miqdorda (7 foiz emas) özgarib, 340 ming söm (hozir 330 ming söm) etib belgilanmoqda.
Bundan taşqari:
- nogironlik pensiyalari, jumladan iş staji töliq bölmagan çoğdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori — 800 000 söm;
- mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bölgan şaxslarga beriladigan nafaqa — 800 000 söm;
- belgilangan yoşga doir eng kam pensiya miqdoridan (725 000 sömdan) 800 000 sömgaça pensiya oluvçilarning yoşga doir pensiyalari — 800 000 söm;
- zarur iş stajiga ega bölmagan keksa yoşdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa — 608 000 söm;
- iş staji töliq bölmagan çoğdagi yoşga doir pensiyaning eng kam miqdori qöşimça tölovni hisobga olgan holda — 608 000 söm;
- özgalar parvarişiga muhtoj nogironligi bölgan 18 yoşgaça bolalarning parvarişi bilan band bölgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori — 608 000 söm;
Boquvçisini yöqotganlik nafaqasi oluvçilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uçun nafaqa miqdori oyiga 608 000 söm etib belgilanadi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uçun 212 000 sömdan qöşiladi.
Boquvçisini yöqotganlik pensiyasi oluvçilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uçun pensiyaning eng kam miqdori — oyiga 608 000 söm etib belgilanadi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uçun amaldagi tartibga muvofiq pensiya tölanadi.












