Ispaniya parlamentining quyi palatasi hukumat rahbari lavozimiga Ispaniya sotsialistik işçilar partiyasi (PSOE) yetakçisi Pedro Sançes nomzodini tasdiqladi.
Ovoz beriş natijalariga köra, 350 deputatdan 179 nafari Sançesning boş vazir etib qayta saylanişini qöllab-quvvatlagan. Uning ma’qullanişi uçun kamida 176 nafar parlament a’zosining ovozi kerak edi.
2023 yil iyul oyida bölib ötgan umumiy saylovlarda konservativ Xalq partiyasi ğalaba qozonib, parlamentdagi 137 ta örinni qölga kiritdi. Sentyabr oyida Ispaniya qiroli partiya yetakçisi Alberto Nunyyes Feyxuga hukumat tuzişni topşirdi. Ammo u muvaffaqiyatsizlikka uçradi. Keyin monarx Sançesni boş vazir lavozimiga taklif qildi. Uning partiyasi saylovlarda ikkinçi örinni egallagan edi.
51 yoşli Pedro Sançes Peres-Kastexon 2018 yildan 2023 yil iyuligaça Ispaniya hukumatini boşqargan. U 2014 yildan beri Ispaniya sotsialistik işçilar partiyasiga rahbarlik qiladi.












